«sea breeze uzbekistan» tegli maqolalar

26 avgust 2025, 19:01 Iqtisodiyot

“Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi va barchaga yoqadi” — Toshkent viloyati hokimi Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti haqida

Zoyir Mirzayevning ta’kidlashicha, toza suv, musaffo havo, asl holicha saqlangan tabiat bor joyda turizm rivojlanadi.
6 avgust 2025, 18:41 Biznes

Kanalizatsiya tizimi, loyiha mablag‘lari, yerni qayta sotish: ISSV — Sea Breeze qurilishi bo‘yicha savollarga javob berdi

Ijara to‘lovi investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida ramziy darajagacha kamaytirilgan. Loyiha doirasida hududda quriladigan ko‘prik va yo‘llar investorning infratuzilma to‘lovi hisobidan moliyalashtiriladi.
6 avgust 2025, 17:40 Biznes

“Sea Breeze uchun istisno bo‘lmasligi kerak” — biznes Chorvoqdagi loyiha haqida qanday fikrda?

Spot tog‘li hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning Sea Breeze loyihasi borasidagi fikrlari hamda tadbirkorlarning hududda duch kelayotgan muammolarini o‘rgandi.
5 avgust 2025, 17:16 Biznes

Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi qurilishi yuzasidan bayonot berdi

Hokimlik ekologiya, qurilish, kadastr va sanitariya sohalari bo‘yicha viloyat tuzilmalari tomonidan tizimli nazoratga olinishini maʼlum qildi.
5 avgust 2025, 08:42 Biznes

O‘zbekistonda Agalarov Development ishtirokida Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi

Uning yana bir ta’sischi O‘zbekoziqovqatzaxira uyushmasi raisining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Mahmudov hisoblanadi.
4 avgust 2025, 18:34 Iqtisodiyot

Hukumat moratoriyga qaramay Sea Breeze Uzbekistan uchun daraxtlarni kesishga ruxsat berdi

Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura va Kadastr agentligi Chorvoq suv ombori yaqinidagi yangi binolarni xatlovdan o‘tkazadi.
4 avgust 2025, 09:52 Iqtisodiyot

Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasida ekologik talablar bajarilmasa loyiha to‘xtatiladi

Investor loyiha uchun ajratiladigan yerlar evaziga yetkazilgan zararni qoplash uchun $5 mln ajratadi. Qurilish ishlariga “katta tajribaga ega” mahalliy va xorijiy kompaniyalar jalb etiladi.
4 avgust 2025, 08:48 Qonunchilik

Hukumat Sea Breeze Uzbekistanga Bo‘stonliqdan 577 gektar yerni 25 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beradi

Chorvoqdagi dam olish maskanini qurish ishlari 2035-yilgacha amalga oshiriladi. Yerning ijara narxi 5 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan 17 mlrd so‘mni tashkil etadi.
16 iyul 2025, 21:06 Biznes

Agalarov Development Toshkentda Sea Breeze savdo ofisini ochadi — kompaniya tarmoqlardagi xabarlarga izoh berdi

Ozarbayjon kompaniyasi O‘zbekiston rezidentlarining Sea Breeze Baku’dagi turar-joy va tijorat ko‘chmas mulkiga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.
16 iyul 2025, 19:55 Biznes

Chorvoqda Sea Breeze qurilishi boshlanmagan, hudud chiqindilardan tozalanmoqda — Agalarov Development

Kompaniya hozirda loyiha ekspert muhokamasi va ruxsat beruvchi hujjatlarni yig‘ish bosqichida ekanligini ma’lum qildi.
15 iyul 2025, 15:59 Biznes

$50 mingdan boshlab uylar, 20 yillik ipoteka va bepul plyaj — Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi haqida

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk xaridorining portreti ikki farzandi va $1000 dan ortiq daromadi bo‘lgan 30−45 yoshli oiladir.
15 iyul 2025, 14:57 Biznes

Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi jamoatchilik bilan muhokama qilinadi — Emin Agalarov

Tadbirkorning ta’kidlashicha, dam olish maskanining qurilishi hudud infratuzilmasi va Chorvoqdagi suv sifatini yaxshilashga yordam beradi.
3 iyul 2025, 16:47 Biznes

Prezident Sea Breeze Uzbekistan master-rejasining yangilangan konsepsiyasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi doirasida Kaspiy dengizi bo‘yidagi Sea Breeze dam olish maskani faoliyati haqida ma’lumot berildi.
16 iyun 2025, 17:56 Biznes

“O‘zbekistonning o‘z dengizi yo‘q, ammo dengiz o‘rnini bosuvchi suv ombori bor”, — Emin Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi haqida

U suv ombori bo‘yidagi qurilish bilan bog‘liq ekologik xatarlar va e’tirozlarga izoh berib, Chorvoqning hozirgi holati saqlanib qolinishini ma’lum qildi. Agalarovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk xaridorlarining 82%ini mahalliy aholi tashkil etadi.
12 iyun 2025, 12:35 Biznes

Agalarov Development Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga $5 mlrd yo‘naltiradi

ISSV Ozarbayjon kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi. Umummavsumiy kurort loyihasida jami 577 gektar, jumladan, birinchi bosqichda 100 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi.
5 iyun 2025, 17:13 Biznes

“Bir yildan so‘ng natijasini ko‘rsatamiz” — Emin Agalarov Chorvoq sohilidagi Sea Breeze Uzbekistan kurorti haqida

Turizm markazining qurilishi shu yozda boshlanib, yil oxirigacha hududda barcha kommunikatsiyalar tortiladi. Birinchi bosqichda 100 gektar yerni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
14 aprel 2025, 22:17 Biznes

“Yozda qurilish jarayoniga faol kirishamiz” — Emin Agalarov Sea Breeze Uzbekistan loyihasi haqida

Yangi shahar jami 6,5 mln kv metr maydonda bunyod etilib, qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib boriladi. Ikki qirg‘oqni bog‘lovchi osma ko‘prikning umumiy uzunligi 377 metrni tashkil etadi.
14 aprel 2025, 19:11 Biznes

Prezidentga Sea Breeze Uzbekistan turizm markazining master-rejasi taqdim etildi

Markazni Chorvoq suv omborining ikki chetidagi 10 ta kichik hududga bo‘lib qurish rejalashtirilmoqda.
17 dekabr 2024, 10:09 Biznes

Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” turizm markazini qurmoqchi

Loyiha 5−7 mln kv.metr maydonda amalga oshirilishi, uning doirasida dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxona, kottej va turar joylar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting